Samarqand viloyati IIB boshligʻi Paxtachi tumani hokimligida tumandagi jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib oʻrtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar qiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, uchrashuv avvalida boshqarma boshligʻi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan tuman IIB rahbarligiga tayinlangan mayor Axmedov Muxtor Qilichevichni shaxsiy tarkibga tanishtirib, tuman IIBning yangi rahbari zimmasiga ulkan ishonch, masʼuliyat va vazifalar yuklatilganligini taʼkidladi.
Shundan soʻng, hududdagi kriminogen vaziyat, xodimlar tomonidan xizmatda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
Samarqand viloyati.
