Namangan viloyati IIBda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Boshqarma sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hamda barcha inspektor-psixologlar ishtirok etgan oʻquv mashgʻuloti davomida inspektor-psixologlar tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishining oldini olish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga ularning bu boradagi taklif va mulohazalari tinglandi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
