Norin tumani hokimligida tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik U. Boyxonov boshchiligida ijtimoiy va iqtisodiy sohaga aloqador tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida 2022-yilda ayollar hamda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda tumandagi 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, maktab direktorlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar va tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.
Namangan shahar IIOFMB xuzuridagi Tergov boʻlimi katta tergovchisi, mayor Barkamol Xursanov hududlarda sodir etilgan jinoyatlar, jinoyat sodir etishga moyilligi bor boʻlgan ayollar bilan qanday ish tashkil etilgani, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida yigʻilganlarga maʼlumot berdi.
Yigʻilish soʻngida jamoatchilik kengashi aʼzolarining har biriga mazkur yoʻnalish boʻyicha eʼtibor berilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
