Toshkent viloyati IIBBda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda soʻz olgan bosh boshqarma boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov barchani mazkur sana bilan samimiy muborakbod etib, ona yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi va ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlashda ichki ishlar organlari xodimlarining ham beqiyos hissasi borligini taʼkidladi.

Tadbirning asosiy qismida Ichki ishlar vazirligi tomonidan mukofotlangan 15 nafar xodimga koʻkrak nishoni, faxriy yorliq va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, viloyat IIBB boshligʻining buyrugʻiga muvofiq, 400 nafardan ortiq fidoyi xodimlar pul mukofoti va boshqa ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz.