Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov aholi muammolarini oʻrganish va bartaraf etish maqsadida joylarda fuqarolar bilan uchrashmoqda. Ana shunday muloqotlar natijasida Forish tumani «Nurak» mahalla fuqarolar yigʻini Pastki bayram qishlogʻida joylashgan 4-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabidagi isitish qozonlaridan biri yangilanadigan boʻldi. Shuningdek, 3-sektor ishchi guruhi oʻquv muassasasiga 1 dona proektor olib berishi maʼlum qilindi.

Qolaversa, Zafarobod tumanining Pistalikent shaharcha fuqarolar yigʻinida yashovchilarning murojaati asosida elektr taʼminotini yaxshilash uchun 8 ming metr qoplamali tarmoq ajratilishi belgilandi. 3-sektor rahbarining aholi bilan muloqotlari davom etmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.