Navoiy viloyati IIB boshligʻining navbatdagi qabulida 15ga yaqin murojaatlar tinglandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tibbiy xizmatdan foydalanish, imtiyozli kredit ajratish hamda boshqa ijtimoiy muammolar boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqildi.
Xususan, Navoiy shahri “Vatan” mahallasida istiqomat qilayotgan Dildora Quvvatova Navoiy davlat pedagogika institutining magistratura bosqichini yakunlagani va oliy taʼlim muassasalariga ishga kirish istagi borligini aytdi. Murojaat yuzasidan nomzodning hujjatlarini qabul qilish va tanlovda ishtirok etishi boʻyicha mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
Muqaddam IIBda xizmat qiligan xodim, marhum Umrzoq Mahmudovning turmush oʻrtogʻi Hilola Maqsudovaning oʻgʻlini ish bilan taʼminlash hamda moddiy yordam masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi. Yaʼni, Islomjon Baqoev profilaktika inspektori yordamchisi lavozimiga tayinlandi va unga mahallasi tomonidan moddiy yordam beriladigan boʻldi.
IIB boshligʻining qabuli davomida 5 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etilgan boʻlsa, 7 nafariga murojaati yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi. 2 nafar fuqaroning murojaati nazoratga olinib mutasaddi tashkilotlarga biriktirildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
