Barcha oʻzgarishlar, yangilanishlar inson qadri uchun ekanligi olib borilayotgan islohotlarda oʻz aksini topmoqda. Kuni kecha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIOFMB boshligʻining aholi muammolari yechimiga bagʻishlangan sayyor qabuli oʻtkazildi.
Tumandagi «Tepa» mahallasida boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda jami 40 nafarga yaqin fuqarolarning muammolari oʻrganilib, shundan 22 nafarining murojaatlari ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli soha xizmat rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Xususan, fuqaro A. Hoshimov muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod etish yuzasidan amaliy yordam soʻradi. Uning murojaati oʻrganib chiqilib, Yakkasaroy tumani IIOFMB probasiya boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudiga taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, tadbir davomida 8 nafar 16 yoshga toʻlgan va yana 2 nafar fuqaroligi boʻlgan shaxslarga ID-kartalar ham topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.