IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari hamda Bektemir tumani IIOFMB xodimlari oʻrtasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ichki ishlar organlarining tashkiliy va huquqiy asoslari”  mavzusida binar shaklida maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.

Bu maʼruzada murojaatlarni koʻrib chiqishning tashkiliy va huquqiy jihatlari, shuningdek, ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash tartibi muhokama qilindi.

Ushbu mashgʻulotning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqishda qonuniylik va samaradorlikni taʼminlashdan iborat. Mashgʻulot yakunida, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.