Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqalarning ikkinchi mintaqaviy bosqichiga start berildi. Belllashuvlar respublikamizning toʻrtta hududida, shu jumladan, Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi oʻyingohda ham boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbari, podpolkovnik Akbar Yusupov soʻzga chiqib, barcha jamoaga omad va zafarlar tiladi.

Qurʼa tashlash marosimidan soʻng dastlab Fargʻona hamda Andijon viloyatlari IIB jamoalari maydonga tushdi. Qizgʻin va murosasiz bahslar yakunida 2-0 hisobida fargʻonalik charmtoʻp ustalarining qoʻli baland keldi. Toshkent viloyati hamda Jazoni ijro etish departamenti jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda Toshkent viloyati futbolchilari 1-0 hisobi bilan gʻalaba qozondilar.

Ayni paytda musobaqalar qizgʻin pallaga kirgan.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.