Kapitan Elyor Abdullaev 1991-yil Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011-yili tumandagi 10-umumtaʼlim maktabini tamomlab, Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida tahsil olgan. 2016-yili IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida xizmat faoliyatini boshlagan. Ayni paytda Chortoq tumani IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
U sportga, til oʻrganishga qiziqadi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan imtihonlarda ishtirok etib, ingliz tilidan B2 sertifikatiga ega boʻlgan.
Elyor erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmaydi, doimo oʻz ustida ishlaydi. Har bir tashkiliy ishlarga alohida eʼtibor qaratib, oʻzining asosli taklif va mulohazalarini bildiradi.
Mustaqilligimiz tengdoshi boʻlgan qahramonimiz hozirda bir oʻgʻil, bir qizning sevimli otasi.
– Oʻzim 1991-yilda tugʻilganim va yurtimiz mustaqilligi bilan tengdosh boʻlganim sababli istiqlol gʻoyasi bilan tarbiyalanganman va shunday qudratli yurt farzandi ekanimdan gʻururlanaman. Kelajakda farzandlarim ham el koriga yaraydigan, Vatani va xalqi uchun yonib yashaydigan jonkuyar, fidoyi insonlar boʻlib ulgʻayishini istayman, – deydi qahramonimiz.
