IIV Malaka oshirish institutida Bektemir tumani IIOFMB bilan hamkorlikda Internet va lokal tarmoqlar orqali sodir etiladigan kiberjinoyatlar mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻz olganlar bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani, shu boisdan, uni rivojlantirishning muhim omillaridan biri kiberxavfsizlikni taʼminlash ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek tadbirda mazkur jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi shart-sharoit va omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida ham mutaxassislar oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Oʻz muxbirimiz.