Ayni paytda Navoiy viloyatida kunduzi havo harorati -2 daraja. Tungi paytda esa -20 darajaga ham yetyapti. Haroratning keskin pasayishi bizning tinch-osoyishta yashashimiz uchun tunu kun xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining masʼuliyatini yanada oshirdi. Zero, ular har qanday ob-havo sharoitida: izgʻirin sovuqda ham, jazirama issiqda oʻz vazifalarini bajarishga azmu qaror qilishgan. Osoyishtalik posbonlariga Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi mutaxassislari  havoning keskin sovib ketishi oqibatida sovuq urishidan himoyalanish hamda mazkur holatda birinchi yordam koʻrsatish borasida tavsiyalar berib borayotir.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.