Qamashi tumanidagi “Paxtaobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi uy bekasi M.N. qishloqdoshi Q.A.ning aldoviga uchganini kech tushundi. Negaki, uddaburon hamqishloq uch oy oldin ayolning 4 bosh qoramolini 35 million soʻmga savdolashib, bir oy ichida pulini toʻliq berishini vaʼda qilgan, biroq shu kunga qadar pullarni bermasdan kelayotgandi.
Holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
