Asli xatirchilik M.N turmushidan ajrashgach, akalarining yordami bilan Navoiy shahridan ijaraga uy topdi. Boshqalarning kundalik yumushlarini bajarib, rizqini topib yurdi. Kunlarning birida oʻziga toʻq qoʻshnisi bolasi uchun enaga izlayotganini eshitib undan ish soʻradi.
Chaqaloqning onasi savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullangani bois uydan erta tongda chiqib ketardi. U M.N.ning enagalikdan tashqari uy-roʻzgʻor yumushlarini ham eplayotganidan juda xursand edi. Bir kuni M.N.ni nafsi yoʻldan urdi. Uy bekasining tokchada turgan quticha ichidagi tilla taqinchoqlarini tamosha qila turib, 3 donasini sumkasiga solib qoʻydi.
Xonadon sohibasi buni bir necha hafta davomida sezmadi. Chunki taqinchoqlarini faqat toʻy-hashamlarda, mehmonga borganda taqardi. Kunlarning birida toʻyga otlanayotib, tilla taqinchoqlar solinadigan qutidan bir ziragini izlab topolmadi. M.N shunday boʻlishini sezib, toʻydan bir kun oldin betobligini bahona qilib ketib qolgandi.
Jabrlanuvchi ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilishga majbur boʻldi. Navoiy shahar IIB JQB xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida M.N ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
