Ertangi kunimiz yoshlar qoʻlida ekan, ularning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish lozim boʻladi. Mana shunday masʼuliyatli vazifani vijdonan bajarayotgan insonlar talaygina. Ular orasida Yashnobod tumani «Choʻlpon» mahalla fuqarolar yigʻini raisi Svetlana Haydarovna ham bor.
U bu borada namuna koʻrsatib, mahalla hududida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga qonunlarga hurmat tuygʻusini singdirishga qoʻshgan hissasi hamda bu borada ichki ishlar organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgani uchun Toshkent shahar IIBBning faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Shuningdek, unga badiiy kitoblar toʻplami, kompyuter jamlamasi va televizor tantanali ravishda topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
