Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi topshirigʻiga muvofiq Andijon viloyati prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyot mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Namunaviy amaliyotni oʻrganish mashgʻulotlarini samarali tashkil etish maqsadida respublika davlat boshqaruv va huquq tartibot organlari, davlat, nodavlat tashkilotlarining rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba, yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi.
Ishtirokchilar dastlab Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan Situasion markaz faoliyatini tanishishdi hamda “Mening inspektorim” mobil ilovasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. IIBB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati faoliyati bilan tanishish ham ayniqsa qiziqarli oʻtdi.
Chilonzor tumanida tashkil etilgan Idoralararo tezkor shtabining tahlil, boshqarish va nazorat qilish tizimi mashgʻulot qatnashchilarida katta qiziqish va taassurot uygʻotdi. Tumanda jamoat tartibini saqlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan 3 bosqichli xizmatni oʻtash tartibi, shuningdek, “Botirma” mahallasida yoshlar, ayollar, ishsizlikning oldini olishni ijtimoiy profilaktika tizimi mexanizmlari bilan tanishuvlar boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi “Classic bulding” boshqaruv servis kompaniyasi hamda Chilonzor tumani IIOFMB tungi xizmati faoliyati doirasida “Magic city” istirohat bogʻida jamoat tartibini saqlash tajribalari oʻrganildi.
