Toshkent shahri Chilonzor tuman hokimiyatida boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan respublika aholisining aksariyat qismi foydalanadigan telegram messenjerida shartli nomi “Psixotrop” deb nomlangan barcha shaxslar foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan bot taqdimoti oʻtkazildi.
Eʼtiborli jihati, botdan istalgan foydalanuvchi bemalol foydalanishi mumkin boʻlib, ayniqsa, ichki ishlar organlari, jumladan har qanday HMQO xodimlari uchun dori vositalarining huquqiy maqomini tezkor aniqlashda samarali yordamchi sifatida xizmat qiladi.
Foydalanuvchi tomonidan dori vositasining nomi botga kiritilgach, tizim mavjud maʼlumotlar bazasi asosida ushbu preparatning Oʻzbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik vositalari, muomalasi cheklangan psixotrop moddalar, muomalasi cheklangan prekursorlar hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati boʻyicha taqiqlangan yoki taqiqlanmaganligi toʻgʻrisida aniq, ishonchli va tezkor maʼlumot taqdim etadi.
Ushbu mexanizm psixotrop vositalar va ularning analoglari boʻyicha axborot almashinuvini optimallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyatida tezkor qaror qabul qilish jarayonini yengillashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga koʻmaklashadi.
