Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda boʻlishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshligʻi, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt koʻchatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Bundan tashqari, masʼullar taʼlim muassasalarida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazishdi. Tadbirlar chogʻida yoshlarga ushbu illatning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Mahliyo MIRZAYEVA,
podpolkovnik.
Navoiy viloyati.
