Samarqandda probasiya nazoratida turgan yoshlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining mintaqaviy bosqichi oʻtkazildi. Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari jamoalari bor kuch gʻayratini ishga solib, shiddat bilan oʻyinlarga kirishdi. Musobaqa yoshlar oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va sogʻlom raqobat muhitini yaratdi.

Bellashuvda Navoiy viloyati probasiya boʻlimi hisobida turgan yoshlar faxrli birinchi oʻrinni egallab, sport musobaqasining respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Oʻz muxbirimiz, Samarqand viloyati.