Gʻijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini taʼminlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbirda 4 nafar shaxsga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 11 mln 500 ming soʻmdan mablagʻ ajratilgan boʻlsa, 6 nafaри ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi. Bundan tashqari, tibbiy koʻrik tashkil qilinib, nazorat ostidagi bir qator shaxslar tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.
N.BOLTAYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
