Viloyat IIB boshligʻining tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabr kuniga qadar “Nazorat” maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Xususan, jamiyatga zid turmush tarzini kechirib kelayotgan ilgari sudlanganlar hamda Probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar bilan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buxoro shahri hududida oʻtkazilgan mazkur tadbirlar davomida 251 nafar ilgari sudlanganlar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Ularning 2 nafariga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi.