Fargʻona viloyatida probasiya hisobida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda bepul tibiy yordam koʻrsatish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda Furqat tuman IIB hamda tuman prokuraturasi tashabbusi bilan, tibbiyot birlashmasi hamkorligida probasiya hisobida jazo oʻtayotgan 27 nafar mahkum bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Shuningdek, bunday shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat ham tashkil etildi.
Yozyovon tumanida ham xuddi shunday tibbiy koʻrik va mehnat yarmarkasi oʻtkazilib, nazoratdagi shaxslarning bandligini taʼminlash, sogʻliklarini tiklashga koʻmaklashildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
