Bogʻot tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Э.Ахмедов hamda tuman xalq qabulxonasi mudiri M.Маткаримовларнинг tuman ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida turgan ishsiz yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda nazorat ostidagi shaxslarning turmush tarzi, yashash sharoitini oʻrganish, ularning bandligini taʼminlash, muammolariga yechim topish masalalari atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, mahkumlarga sudlar tomonidan belgilangan taqiq va cheklovlarga qatʼiy rioya etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi. Uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
Xorazm viloyati.
