Yangiyer shahar sektor rahbarlari va masuʼullarining Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda 115 nafar jazo oʻtayotgan shaxslar ishtirok etdi. Ularga takror jinoyat sodir etmaslik, jamiyatga moslashish, sogʻlom fikrlashga oid tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir davomida nazoratdagi shaxslarning ijtimoiy, moliyaviy, shaxsiy muammolariga oid oʻndan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati hal qilindi. Shuningdek,uchrashuv qatnashchilariga badiiy kitoblar va boshqa sovgʻalar taqdim etildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.