Jondor tumani Tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi U.N. bir fuqarodan vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishi uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.

Viloyat IIB TQX JQB va Jondor tumani IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida U.N. talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.ZAYNIYEV,

safdor.

Buxoro viloyati.