Urganch tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash boʻyicha navbatdagi bosqich boʻlib oʻtmoqda. Unda adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, madaniyat, sport hamda jamoatchilik kabi yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorli yoshlar oʻz qobiliyatlarini namoyish etishmoqda.
– Mukofotga taqdim etilgan nomzodlar vatanparvarligi, maʼnaviy yetukligi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan ajralib turishi lozim, – deydi hakamlar hayʼati aʼzosi, tuman IIB XQMB katta inspektori, mayor Shahnoza Botirova. – Tumanimizda ana shunday iqtidor egalarini saralab olish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Hakamlar hayʼati aʼzolari har bir nomzodning oʻziga xos qirralarini sinchkovlik bilan oʻrganib borishyapti.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
