Viloyat huquq-tartibot organlari hamda “Oʻzneftgazinspektsiya” mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi ayrim metan gaz yoqilgʻi quyish shoxobchalarida oʻrganishlar oʻtkazildi. Jumladan, “Dildora” Mchjning Vobkent tumanidagi 2 ta, “Osiyo Buxoro gaz”, “Norboyev Sherzod Yunusovich” va “Grant gaz servis” Mchjlarning Buxoro shahridagi, “Real ximik” Mchjning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchalari oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida “Dildora” va “Osiyo Buxoro gaz” Mchjlarga qarashli 3 ta shoxobchada gaz hajmi sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda koʻrsatilishiga erishilganligi aniqlandi. Buning oqibatida “Dildora” Mchjga qarashli 2 ta shaxobcha tomonidan 11,1 mlrd. soʻmlik (11.162.880 m3) hamda “Osiyo Buxoro gaz” Mchjga qarashli shaxobcha tomonidan 15,1 mlrd. soʻmlik (15.153.6003), jami 26,2 mlrd. soʻmlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

         Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

                         Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.