Denov tumanida yashovchi Sarvinoz (ismi oʻzgartirilgan) bir oilaning bekasi. Ammo nafsi ochlik qilib, tama qilish yoʻliga oʻtganida keyinini oʻylamadi.
U tanishi – Sariosiyo tumanida yashovchi Kamron ismli yigitga «Xondiza» koniga ishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilib, undan 1,5 ming AQSh dollari miqdorida pora soʻradi. Kamron esa bu haqda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimiga xabar qildi.
Sarvinoz kelishilgan pullarni Denov tumanidagi «Chambil» mahallasi hududida Kamrondan olayotgan vaqtida boʻlim xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Sarvinozga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
