Nukus shahar hududida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari B.Valiev soha xodimlariga shahar hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berishdi. Fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlib xizmat olib borish kerakligini tushuntirishdi.
Profilaktik tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
