Oqoltin tumanidagi Toshkent, Yangi hayot va Mustaqillik mahallalaridagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida tuman IIB boshligʻi Jasur Sherqulov rahbarligida ishchi guruhi tuzilgan edi. Shu kunlarda ushbu guruh tomonidan bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qisqa fursat ichida 25 ta yuk mashinasida shagʻal keltirilib, ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 16 dona temir-beton tayanchlar, 100 kVA quvvatga ega boʻlgan transformator oʻrnatilib, 4 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo tarmogʻi tortish ishlari amalga oshirildi. "Oqoltintumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 250 ta xonadonga yangi maishiy gaz ballonlari tarqatildi. Shuningdek, Yangi hayot mahallasining Sugʻdiyona koʻchasiga ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Mahallalarda obodlashtirish va tozalash ishlari olib borildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.