Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati IIBda ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
Unda IIV Fargʻona akademik litseyi hamda mazkur hududdagi taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlarining ona Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat va sadoqatini yanada oshirish maqsadida boshqarma va uning tarkibidagi kuch tuzilmalari xodimlari tomonidan zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalarning koʻrgazmasi tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan faxriylar ham yoshlarga oʻzlarining hayotiy va sohaga oid qimmatli mashalatlarini berishdi. Shu bilan birga, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari ishtirokida namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar ham ertangi kunimiz egalarida unutilmas taassurot qoldirdi.
Abduvosit SIDIQOV,
Oʻz muxbirimiz.
