Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi mavjud muammo, murojaat va takliflarni eshitish va muhokama qilish orqali hal etish maqsadida mazkur hudud hokimi hamda profilaktika inspektorlari uchrashuvi yaʼni, ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev boshchiligidagi sektor rahbarlari, 1-mintaqaviy hudud profilaktika inspektorlari hamda bir guruh mehmonlar ishtirok etishdi.
Qizgʻin va muhokamalarga boy tarzda oʻtgan ushbu tadbir davomida yechimini kutayotgan koʻplab masalalarga oydinlik kiritilib, kelgusi rejalar ham belgilab olindi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
