Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Xorazm viloyati boʻlimida “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Viloyat IIB JXX HPBning hududiy profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari ishtirok etgan mazkur tadbirda mavzuga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilari kichik guruhlarga boʻlingan holda amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etib, sohaga oid koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.