Jizzax shahrining “Sayxon” mahallasida yashovchi tadbirkor A.U. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, “Markaziy” dehqon bozoridagi savdo rastasidan unga tegishli boʻlgan qiymati 200 hamda 250 ming soʻmlik 2 dona uyali aloqa vositasini nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Soha hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Sharof Rashidov tumani Mirzo Bobur nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi uy bekasi Sh.I. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan oʻgʻirlangan vositalar hujjatlashtirib olingan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.