Fuqarolar oʻrtasida sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhit yaratish, diniy va dunyoviy ilmlarning oʻzaro bogʻliqligi, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida viloyat IIB TQX TQKB xodimlari oʻquv-seminarlar oʻtkazib kelmoqda. Yaqinda viloyat Soliq boshqarmasi xodimlari bilan ana shunday oʻquv-seminar tashkil etildi. Tadbir doirasida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, vaqtdan unumli foydalanish, taʼlim fanlarini chuqur oʻzlashtirish, axborotlashib borayotgan zamonda loqaydlik va beparvolikka berilmaslik masalalarida suhbat oʻtkazildi. Uchrashuv yakunida inson qadri eng yuksak baholanadigan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini aks ettiruvchi videorolik hamda maxsus slayd namoyish qilindi.
M.NASBULLAYEVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
