Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bir qator rahbarlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy maʼrifatchilar hamkorligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan toʻrtta oilaning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokamada asosiy maqsad – oilalarni saqlab qolish, totuvlik va hamjihatlik muhitini yaratishga qaratildi. Chunki har bir oilaning mustahkamligi – jamiyat barqarorligi, yosh avlodning maʼnaviy sogʻlom tarbiya topishi demakdir.
Suhbat jarayonida er-xotin oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oʻzaro hurmat va ishonch muhitini tiklash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ajrim masalasini qayta koʻrib chiqish va munosabatlarni yaxshilash uchun oilalarga muayyan muhlat belgilandi.
Oilani asrash – nafaqat shaxsiy hayot, balki butun jamiyat taraqqiyotiga qoʻshilgan hissadir. Shu bois bunday uchrashuvlar mamlakatimizda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
