Jizzax viloyati Doʻstlik tumani IIB tashabbusi bilan hududdagi 1-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida vatanparvarlik va huquq toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur toʻgarak ishi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻrganildi va ushbu tajribani viloyat miqyosida ommalashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar muhokama etildi. Tadbir doirasida Doʻstlik tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Qosimov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faollik koʻrsatayotgan oʻqituvchilarga tashakkurnomalar topshirdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
