Jizzax viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan hudud va inshootlarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv tashkil qilindi. Mazkur jarayonda jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar tizimiga kiruvchi kuch va vositalarni joylashtirish, murakkab vaziyatlarda koʻriladigan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratildi.     

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.