“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati hamda Zangiota tumani hokimligi masʼullari ishtirokida mazkur hududda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yaqinda ham “Yangi Oʻzbekistonda yangicha bogʻ yaratamiz” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Unda barcha soha vakillari qatori viloyat IIBB hamda Zangiota tumani IIB YPX xodimlari va ularning oila aʼzolari ham faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, shuningdek, turfa xil anvoyi gullar ekishdi.
N. OXUNBEKOV,
safdor.
