ONAXONLAR BAYRAM BILAN QUTLANDI

 

Buxoro tumani IIB oʻrinbosari, podpolkovnik Z. Egamberdiyev va tuman hokimi oʻrinbosari Sh. Toshevlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yuz yoshdan oshgan bir guruh onaxonlarni bayram bilan tabriklashdi. Xususan, Talaliyon mahallasida yashovchi Toʻybibi Badalova va Novmetan mahallasida yashovchi Ogʻilturdi Xidirovalar xonadonida boʻlishib, onaxonlarni bayram bilan qutlab, ularga sovgʻa-salomlari topshirildi.

M. AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.