Joriy yilning 5-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro N.M. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs 4 aprel kuni unga tegishli bank kartasidan jami 5 million 50 ming soʻm pullarini yechib olganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaroning pulini yechib olgan nomaʼlum shaxsni topish choralari koʻrildi, deya xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumanida yashovchi 1985 yilda tugʻilgan fuqaro I.O. sodir etganligi aniqlandi. U “Ipoteka mobile” mobil ilovasidan foydalanib, fuqaro N.M.ni chuv tushirgan ekan. I.O. u bilan telegram guruhida onlayn kredit berish haqida yozishmalar olib orib, jabrlanuvchining bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan va pullarini yechib olganligi maʼlum boʻldi.

Oʻz muxbirimiz.