IIV Jizzax akademik litseyida taʼlim sifatini oshirish va oʻquvchilar intizomini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Pedagogik jamoa va oʻquvchilar ishtirokida uyushtirilgan tadbirda taʼlim muassasasi direktori, polkovnik Kamoliddin Umarov darslarda zamonaviy oʻquv uslublarini qoʻllash, fan toʻgaraklari imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda yoshlarning vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga qaratilgan ishlar xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, yigʻilishda fanlarni oʻzlashtirishda orqada qolayotganlar bilan ishlash, yoshlarni erkin va kreativ fikrlashga oʻrgatish hamda oʻquvchilar oʻrtasida intizomni mustahkamlash masalariga toʻxtalib oʻtildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
