Asli Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida ulgʻaygan Tursuntosh bolaligida harbiy shifokor amakisining libosiga havas qilardi. U ota-onasiga «Men harbiy boʻlaman» deganida esa, ular qiz bolada harbiylikka qiziqish oʻtkinchi havas, deya eʼtibor qilishmagan edi. 

Tursuntoshning orzulari qatʼiyati bilan ulgʻaydi. Ilk xiz­mat faoliyatini Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JTSBda boshlagan lavhamiz qahramoni keyinchalik Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash boʻlimida xizmat qildi. 

Taqdir ekan, Gulistonda hamkasbi Xudoyberdi Bekmurodov bilan turmush qurdi. Vaqt oqar daryo ekan. Isteʼfodagi mayor Tursuntosh Azizova bugun 77 yoshda, ichki ishlar organlari faxriysi. 

– Men eng baxtli ayolman, – deydi Tursuntosh aya. – Hayotim davomida bir ayol erishishi mumkin boʻlgan barcha baxt-u saodat nasib etdi. Kasb tanladim, ota-­onamning duosini oldim. Oila qurdim, turmush oʻrtogʻim, rahmatli isteʼfodagi mayor Xudoyberdi Bekmurodov bilan yetti farzandni ahil-­inoqlikda voyaga yetkazdik. Toʻrt oʻgʻlimning barchasi ota kasbini tanlagan. Katta oʻgʻlim, istefodagi 

podpolkovnik Jamoliddin Ibragimov pensiyada boʻlsa-da, hozirda IIV Sirdaryo akademik litseyida oʻquvchilarga huquq fanidan taʼlim beradi. Ikkinchi oʻgʻlim, isteʼfodagi mayor Azizjon Ibragimov viloyat IIB sohaviy xizmatlarida rahbarlik lavozimla­rida xiz­mat qilgan. Uchinchi oʻgʻlim Sanjar Bekmurodovning unvoni – kapitan, ayni paytda Davlat feldʼyegerlik xizmati Guliston shahar boʻlimida xizmat qiladi. Kenja oʻgʻlim, mayor Sarvar Bekmurodov esa Guliston shahar IIB TQX JQBda katta tezkor vakil. Qizlarimdan ham koʻnglim toʻq, har biri oilasining baxtli bekasi. 

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA.

Abu KENJAYEV,

fotomuxbir.

Sirdaryo viloyati.