Chiroqchi tumani 3-sektori rahbari va ishchi guruhi tomonidan “Oqqoʻrgʻon” tajribasi asosida “Dursun” mahallasida olib borilayotgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kommunal va maishiy muammolarga yechim topilmoqda. 

Jumladan, oʻrganishlar davomida xonadonlarning 105 tasida 119 ta muammo borligi aniqlanib, 65 tasi hal etildi. Vaqt va mablagʻ talab etadigan muammolar nazoratga olingan, yechimini topish choralari koʻrilmoqda. 

Yaqinda mahalla fuqarolari uchun tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan sayyor tibbiy koʻrik tashkil etildi. Tibbiy koʻrikda 221 nafar fuqaroga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatildi. Shuningdek, 12 nafar ehtiyojmand fuqaroga viloyat va respublika tibbiyot muassasalariga salomatligini tiklashi uchun yoʻllanmalar berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj 31 nafar fuqaroga turli dori vositalari bepul berildi. 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Sodiq RAHIMOV, 

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.