“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Qiziltepa tumani IIB xodimlarining hushyorligini oshirish, maxsus tezkor rejalar asosida harakatlanish koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati IIBning masʼul xodimlari tomonidan “Yigʻin” tadbiri tashkil qilindi. Tadbir chogʻida xodimlarning tashvishgoh chemodanlari koʻrikdan oʻtkazildi. 

Saf koʻrigi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha xodimlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshirish, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va boshqa maxsus-tezkor tadbirlar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlari ham tashkil etildi. Soʻng esa toʻsinda tortilish, qurolni toʻliq va toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.