Oltinsoy tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro H.Komilov (ism-familiyalar oʻzgartirildi) tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. U oʻz murojaatida bank plastik kartasidan 2 million 293 ming soʻm pul mablagʻi nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganini bildirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida holatga oydinlik kiritildi. Yaʼni, ushbu jinoiy qilmishni muroajaatchining mahalladoshi, maktabning 10-sinf oʻquvchisi J.Choriev sodir etgani aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
