Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli 7259-sonli harbiy qismda Navoiy harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi. 

Tadbir doirasida Navoiy xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoniga IIV Navoiy akademik liseyi va Karmana tumanidagi 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tashrif buyurishdi. Ular koʻrgazmadan joy olgan harbiy qurol aslahalar hamda jihozlarni katta qiziqish bilan koʻzdan kechirishdi. Bolalarda Vatan himoyachilarining koʻrgazmali chiqishlari ham chuqur taassurot qoldirdi. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bunday tadbirlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.