Surxondaryo akademik litseyida Jarqoʻrgʻon TIF bojxona posti boshligʻi, mayor M.Normamatov, bojxona posti inspektori, leytenant A.Abdurazzoqov ishtirokida litsey bitiruvchi kurs oʻquvchilari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida mamlakatimizda yosh avlodning ilm olishi, zamonaviy kasb egasi boʻlishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz bordi. Shuningdek, oʻquvchilarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti 2024–2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari haqida tushuntirish berilib, mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi.
Oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
