Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalari xodimlari ishtirokida Konstitusiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash, firibgarlikka oid ishlarni koʻrib chiqish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan oʻquv tashkil etildi. Onlayn tarzda oʻtgan tadbirda tergovchi va surishtiruvchilar malakali hamkasblaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
