47 yoshli G.M firibgarlik jinoyati sodir etgani uchun avval ham bir necha bor sudlanib, jazosini olgan edi. Shunday boʻlsa-da, “Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas” deganlaridek, eski “hunar”idan voz kechmadi. Bu safar uning hiyla tuzogʻiga xatirchilik dugonasi S.F ilindi. Boisi u oʻgʻliga ish qidirib yurganida, oʻzaro suhbat chogʻida dardini aytib qoldi. G.M unga “Oʻgʻlingni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga haydovchi qilib ishga kiritaman. Faqat “xizmat haqi” 2 million 300 ming soʻm boʻladi”, – dedi. S.F ham dugonasining vaʼdasiga laqqa ishondi. G.M esa pullarni qoʻlga kiritgach, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.